GFU rektori talabalar bilan suhbatlashdi
2025-02-21 14:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va bu jarayonda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida talabalar turar-joy masalalari, dars mashg‘ulotlari va ilmiy loyihalari haqida so‘z yuritishdi. Rektor bir murojaatga jiddiy yondashib, masalalarni joyida hal etish uchun tegishli fakultet va bo‘lim rahbarlariga topshiriqlar berdi.
Uchrashuv davomida geologiya sohasi, uning kelajagi va bu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati, bilim olishda faollik ko‘rsatish, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lish yo‘lida astoydil harakat qilish muhimligi ta’kidlandi.
Ilmiy va o‘quv faoliyatida yuqori natijalarga erishgan talabalarga maxsus stipendiyalar topshirildi.