Kon nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi haqida
2024-12-16 14:05:00 / Yangiliklar
Vazirlik tizimida aholi orasida geologik bilimlarni ommalashtirish maqsadida geologiya sohasida oʻzbek ilmiy terminologiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi oʻzbek tilida yozilgan ilmiy maqolalar, monografiyalar va axborotnomalarni chop etish yoʻlga qoʻyilgan.
Aholiga geologik tadqiqotlarning ahamiyati va tabiiy resurslarni muhofaza qilish toʻgʻrisida maʼlumot berish maqsadida oʻzbek tilida axborot tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Vazirlik va uning tizimidagi korxonalar rasmiy sayti, elektron pochta manzillari nomlari hamda dasturiy taʼminot vositalari davlat tilida boʻlishi taʼminlangan.
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi foydali qazilmalar konlari nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar hamda maʼlumotlar bazasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Ayni damda sohaning malakali matahassislari mavjud konlarning nomlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga asosan maqbullashtirish ishlarini davom ettirmoqdalar.