Kon-geologiya vazirligida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi
2024-11-22 16:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 22-noyabr kuni Togʻkon sanoati va geologiya vazirligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasidagi tadbir oʻtkazildi.
Unda Kon-geologiya vazirligi ijro apparati va tizimosti korxonalarining xodimlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Kon-geologiya vazirining maslahatchisi M.Pirojkov tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga batafsil maʼlumot berdi.
Shundan soʻng, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi N.Samandarova Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va agentlikning shu sohadagi vakolatlari toʻgʻrisida taqdimot materiallari yordamida maʼruza qildi.