Respublika boʻyicha topomarksheyderlik xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari xodimlari uchun oʻquv seminari tashkil qilindi
2024-08-30 17:10:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-son Farmoni hamda 2024-yil 24-maydagi PQ-187-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Geologiya fanlari universiteti “Togʻ-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” DMda respublikamiz hududida marksheyderlik xizmatlarini koʻrsatib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus “Marksheyderlik ishi” mutaxassisligi boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish oʻquv kursi tashkillashtirildi.
Qisqa muddatli malaka oshirish oʻquv kursiga respublikamiz hududida Topomarksheyder xizmatini koʻrsatuvchi 11 ta tadbirkorlik subyektlarining 20 nafar ishchi xodimlari qatnashishdi. Oʻquv kurslarida tadbirkorlik subyektlarining vakillari avgust oyi davomida 2 guruhda malaka oshirishdi.
Malaka oshirish oʻquv kursi yakunlari boʻyicha 20 nafar tinglovchilarining reytingi tuzildi.