Asosiy kontentga o'tish

1-aprel 2025-yilda Toshkentda Laziz Kudratov fransuz «MERIDIAM» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

2025-04-02 01:20:00 / Yangiliklar

2025-yilning 1-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Fransiyaning MERIDIAM kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Meridiam - uzoq muddatli ijtimoiy infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va boshqarishga ixtisoslashgan global investor va boshqaruv kompaniyasi. Faoliyatining asosiy yo'nalishlari - transport va ijtimoiy infratuzilma, jamoat binolari, muhandislik tarmoqlari va xizmatlar ko'rsatish.

 

Uchrashuv davomida tomonlar oʻzaro manfaatli boʻlgan qator yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik istiqbollarini koʻrib chiqdilar.

492

Oxirgi yangilanish: 2025-04-03 17:39:49

1-aprel 2025-yilda Toshkentda Laziz Kudratov fransuz «MERIDIAM» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi