O‘zbekiston va Qozog‘iston mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Kengashining birinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi
2025-03-22 15:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha qadimiy Xiva shahrida Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu janoblari hamda O‘zbekiston delegatsiyasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ittifoqchilik, strategik sheriklik va ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari haqida so‘z yuritildi.
Yig‘ilish davomida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Kengashining birinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi. Bu siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.
Ushbu yig‘ilishda madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov ham ishtirok etib, nutq qildi.
Shuningdek, qardosh davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan konstruktiv va samarali muhokamalar o‘tkazildi.