#Muhokama. Sarhisob, tahlil va reja...
2025-02-11 13:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati tomonidan 2024-yil davomida respublika bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2025-yildagi rejalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishni Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari — vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sirojiddin O‘sarov olib bordi. Unda, vazirlik Matbuot xizmati vakillari hamda tizim tashkilotlarining Raqamlashtirish va matbuot xizmati bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida, bugungi kunda har bir davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyati haqida OAVlarda, ijtimoiy tarmoqlarda, rasmiy veb-saytlarda, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, media-turlar orqali aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borishi belgilangan bo‘lib, ushbu ishlarni amalga oshirish tashkilot Matbuot xizmatining vazifasi ekanligi hamda ushbu vazifalar Prezidentning “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qarori asosida mustahkamlab qo‘yilganligi ta’kidlandi.
Vazirlik tizimidagi har bir tashkilotda 2024-yilda amalga oshirilgan media tadbirlar hududlar va tashkilotlar kesimida tahlil qilindi. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar ogohlantirilib, ish samaradorligini oshirish uchun tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun, 2024-yil davomida Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar matbuot xizmatlari tomonidan tayyorlangan xabarlar OAVlar bilan hamkorlikda umumiy hisobda 51 mingdan ortiq material mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.
Xususan, Xiva shahrida II “Lazgi” xalqaro raqs festivali, II Xalqaro maqom san’ati anjumani, Sharq taronalari XIII xalqaro musiqa festivali hamda xorijda va yurtimizda o‘tkazilgan madaniyat kunlari tadbirlari doirasida xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan, Fransiyaning “EuroNews” telekanali, Buyuk Britaniyaning “BBC Jahon Xizmati”, Germaniyaning "Berliner Zeitung“ gazetasi, Xitoyning CCTV telekanali, “Jenmin Jibao” gazetasi, Hindistonning Press Trust of India axborot agentligi, Pokistonning Ary teleradikompaniyasi, Qatarning “Qatar tribune, Asian telegraph, The Peninsula, Gulf Times saytlari, Al-Raya gazetasi, Misrning “Al-Yaum as-Sabi” sayti, Saudiya Arabistonining “Al Jazeera”, “Sada”, “Al Madina” gezetalari, “Swift News” elektron nashri, Umonning “Al Roya” gazetasi, Suriyaning "Arab Media Group", Al-Arabiya 99 fm radiosi, Eronning “Fars news” agentligi, Ozarbayjonning “АzerТadj” agentligi, Turkiyaning TRT Avaz, Turciya 24 teleradiokompaniyasi, Anadolu Agentligi, Malayziyaning “MStar” mediaportali, Taylandning “Elite+” juranli, Slovakiyaning “FN Finančné Noviny” nashri, Vengriyaning Daily news Hungary elektron nashri, Shvetsariyaning "Swiss Newspaper" gezetasi, Shvetsiyaning “Discovering The Planet” nodavlat sayohat blogi, Italiyaning “La Nazione” gazetasi, "aska news" sayti, Belarusning “Беларусь сегодня” gazetasi, “Второй национальный телеканал”i, Rossiyaning “Sputnik”, “TASS” Axborot agentligi, Regnum sayti, “Новый Век”, Mir 24 teleradikompaniyasi, Qirg‘izistonning “ТВ15”, "Ala-TOO" telekanali, “Alliance Press” axborot agentligi, Qozog‘istonning “Qazaqstan” telekanali, "Kazinform", "Xabar" xalqaro axborot agentligi, Afg‘onistonning “Arezu Radio TV” teleradiokompaniyasi, Turkmenistonning “Altyn Asyr” teleradiokompaniyasi, "Turkmenistan Habarlar Portaly", Tojikistonning "Хоvar" TMAA, "Jumhuriyat" gazetasi kabi nufuzli OAVlar bilan hamkorlik qilinib, xabarlar yoritildi.
Shu bilan birga, vazirlik Matbuot xizmati tomonidan 2024-yilda Qatar madaniyati haqida hujjatli film, vazirlik bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari faoliyati haqida reportajlar, shuningdek, ilk marotaba Matbuot xizmatining tashabbusi bilan “Vazirning onlayn qabuli” amalga oshirildi.