Vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida ijro intizomi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2025-02-06 11:30:00 / Yangiliklar

Bugun, 6-fevral kuni madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida ijro intizomi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda vazirlik markaziy apparatining tegishli bo‘linma rahbari ishtirok etishdi.
Unda “Ijro.gov.uz” tizimida fevral va mart oylarida ijrosi ta’minlanishi belgilangan vazifalar hamda tizimda nazoratda turgan Prezident topshiriqlarining o‘z muddatlarida bajarilishi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama etildi.
Yig‘ilish yakunida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan qat’iy chora qo‘llanilishi haqida ogohlantirildi.