Ijro intizomiga rioya qilish tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi
2025-01-28 20:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 28-yanvar kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida ijro intizomi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov hamda vazirlik markaziy apparati vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda “Ijro.gov.uz” tizimi yuzasidan 2024-yil davomida Prezident Farmon, qaror va topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, 2025-yildagi vazifalar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirilib, belgilangan vazifalar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish davomida alohida ta’kidlandiki, davlat tashkilotlarida ijro intizomining ahamiyati quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi, bu esa tashkilotda tizimli ish jarayonini yaratadi.
Ikkinchidan, har bir xodim o‘z vazifasiga jiddiy yondashishga majbur bo‘ladi, bu esa umumiy natijaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Uchinchidan, davlat tashkilotlarida qabul qilingan qarorlarning to‘g‘ri bajarilishini kafolatlaydi, bu esa davlat xizmatlarining sifatini oshirishga yordam beradi.
To‘rtinchidan, vaqtida bajarilgan ish hujjatlar va hisobotlarda aniqlik va shaffoflikni ta’minlaydi.
Beshinchidan, ijro intizomiga rioya qilish orqali fuqarolarning davlat tashkilotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish mumkin.
Shuningdek, ijro intizomi davlat boshqaruvining samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil hisoblanishi, intizom mavjud bo‘lgan tashkilotlarda resurslar samarali ishlatilishi, vaqt tejalishi va ish jarayonlarining tezlashishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, “Ijro.gov.uz” tizimida ijrosi ta’minlanishi belgilangan Prezident Farmon, qaror va topshiriqlari ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan qat’iy chora qo‘llanilishi haqida ogohlantirildi.