Vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida ijro intizomi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2025-01-27 14:00:00 / Yangiliklar

So‘nggi besh yilda zamonaviy boshqaruv uslublarini amaliyotga joriy etish, nazorat qilish va ijroni tekshirish shakllarini takomillashtirish, talabchanlikni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan muayyan ishlar va davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hamda hududlar hokimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar murakkab sharoitlarda davlat qurilishining serqirra vazifalarini amalga oshirish, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirishni ta’minlash, respublikani barqaror hamda jadal rivojlantirish imkonini bermoqda.
Bugun, 27-yanvar kuni madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida ijro intizomi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda “Ijro.gov.uz” tizimida yanvar va fevral oyida ijrosi ta’minlanishi belgilangan Prezident Farmon, qaror va topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan vazirlik markaziy apparati mas’ullari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Shuningdek, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan qat’iy chora qo‘llanilishi bildirildi.