Vazir boshchiligida fuqaro murojaatlari hamda ijro intizomi holati yuzasidan o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi
2024-11-04 16:00:00 / Yangiliklar
#Yigʻilish
#Muhokama
Bugun, 4-noyabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda, sohada fuqaro murojaatlari hamda ijro intizomi holati yuzasidan o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Yig‘ilishda vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov, vazirlikning markaziy apparati mas’ul boshqarma boshliqlari hamda hududiy tizim tashkiloti rahbarlari onlayn ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi birinchi masala fuqaro murojaatlari yuzasidan har bir hududda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, har bir rahbar bir oyda bir marotaba ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn qabulni tashkil etishi lozimligi ta’kidlandi.
So‘ng, navbatdagi masala ijro intizomi holati tanqidiy tahlil qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan hudud rahbarlariga belgilangan muddatda topshiriqlarni vaqtida bajarilishini ta'minlashi aks holda mehnat qonunchiligiga muvofiq chora ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.
Shuningdek, hududlardagi madaniyat muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qayta tiklanuvchi energiya manbalari - quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yashil makon loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etilib, vazir tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.