Savol-javoblar
Xususiy korxonani boshqa shaxs nomiga o‘tkazish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi. Notarius uchun to‘lov qiymati qancha?
- Korxonani sotish shartnomasini notarial tartibda tasdiqlash uchun notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
korxona sotuvchisi va sotib oluvchisi vakolatli organlarining korxonani sotish yoki sotib olish to‘g‘risidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi yoki kuzatuv kengashining qarori yoxud buyruq va hokazo);
mulkdorning roziligi (agar mulk xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqiga asoslangan yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa);
inventarizatsiya dalolatnomasi;
baholovchi tashkilotning baholash to‘g‘risidagi hisoboti va xulosasi (sotilayotgan korxonada davlat ulushi bo‘lgan hollarda);
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
auditorning korxona tarkibi va uning qiymati to‘g‘risidagi xulosasi;
taraflar tomonidan tuzilgan, ko‘rib chiqilgan va imzolangan kreditorlar, ular qo‘yayotgan talablar xususiyati, miqdori va muddatlari ko‘rsatilgan holda korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarzlar (majburiyatlar) ro‘yxati;
kreditorlarga yuborilgan xabarnoma va ularning korxona qarzlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga roziligi haqidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab (https://lex.uz/ru/docs/54458#3996907) o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizalari (kreditorlar yuridik shaxs bo‘lgan hollarda, ularning roziligi rasmiylashtirilgan xatlari);
korxona tarkibidagi bino va inshootlar uchun kadastr ma’lumotnomasi;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi;
taraflar o‘rtasidagi to‘lov majburiyati bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Taraflar shartnomada xaridorga topshirilayotgan korxona tarkibidan alohida elementlarni olib tashlash huquqiga egalar (alohida buyumlar, huquqlar va majburiyatlar).
Mol mulkka egalik qiluvchi shaxs ham, uning yagona farzandi ham vafot etgan bo‘lsa, uning nomidagi mulkka nabiralari haqli bo‘la oladimi?
- O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1140-1-modda. Merosni qabul qilib olish huquqining o‘tishi (meros transmissiyasi)
- Agar vasiyatnoma bo‘yicha yoki qonun bo‘yicha vorislikka chaqirilgan merosxo‘r meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan bo‘lsa, unga tegishi kerak bo‘lgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan bo‘lsa, uning vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlariga o‘tadi (meros transmissiyasi). Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxo‘rning vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi.
Vafot etgan merosxo‘rga tegishli merosni qabul qilib olish huquqi uning merosxo‘rlari tomonidan umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin.
Merosxo‘rning ushbu Kodeksning 1142-moddasida nazarda tutilgan merosning bir qismini majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqi uning merosxo‘rlariga o‘tmaydi.
Ishonchnoma berilgan qog‘ozni yo‘qotib quyganman. Shu ishonchnomani qanaqa qilib bekor qilsam bo‘ladi?
Ishonchnomaning asli yo'qolganligi uni bekor qilishga to‘sqinlik qila olmaydi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz bilan istalgan notarial idoraga murojaat qilib bekor qildirish mumkin va bu haqida ishonchnoma olgan shaxsni xabardor qilish lozim.
13 yoshga to‘lgan farzandimga avtomashinamni hadya qilmoqchiman. Voyaga yetmagan farzandim nomidan onasi hadya shartnomasida ishtirok etsa bo‘ladimi?
Voyaga yetmagan 14 yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar nomidan ularning qonuniy vakillari ota-onalari ishtirok etishadi. Sizning holatingizda albatta onasi vakil sifatida qatnashib hadya shartnomasiga imzo qo‘yishlari mumkin.
Men MCHJ dagi ulushimni boshqa bir ta’sischiga sotmochiman. Buning uchun nima kilishim kerak?
Siz MCHJ dagi 100% ulushingizni sotayotgan bulsangiz, MCHJni mulkiy kompleks (korxona) sifatida sotishingiz lozim. Korxonani oldi-sotdi shartnomasini notarial tartibda rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni notariusga taqdim qilishingiz lozim bo‘ladi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
korxona sotuvchisi va sotib oluvchisi vakolatli organlarining korxonani sotish yoki sotib olish to‘g‘risidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi yoki kuzatuv kengashining qarori yoxud buyruq va hokazo);
mulkdorning roziligi (agar mulk xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqiga asoslangan yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa);
inventarizatsiya dalolatnomasi;
baholovchi tashkilotning baholash to‘g‘risidagi hisoboti va xulosasi (sotilayotgan korxonada davlat ulushi bo‘lgan hollarda);
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
auditorning korxona tarkibi va uning qiymati to‘g‘risidagi xulosasi;
taraflar tomonidan tuzilgan, ko‘rib chiqilgan va imzolangan kreditorlar, ular qo‘yayotgan talablar xususiyati, miqdori va muddatlari ko‘rsatilgan holda korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarzlar (majburiyatlar) ro‘yxati;
kreditorlarga yuborilgan xabarnoma va ularning korxona qarzlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga roziligi haqidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab (https://lex.uz/ru/docs/54458#3996907) o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizalari (kreditorlar yuridik shaxs bo‘lgan hollarda, ularning roziligi rasmiylashtirilgan xatlari);
korxona tarkibidagi bino va inshootlar uchun kadastr ma’lumotnomasi;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi;
taraflar o‘rtasidagi to‘lov majburiyati bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Taraflar shartnomada xaridorga topshirilayotgan korxona tarkibidan alohida elementlarni olib tashlash huquqiga egalar (alohida buyumlar, huquqlar va majburiyatlar).
BSK tashkiloti ya’ni oldingi shirkat mahallani roziligisiz uni majburiy BSKga kiritishi mumkinmi?
07.11.2019 yildagi "Ko'p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi" Qonuniga ko‘ra, har bir ko‘p qavatli uy joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilish qarori bilan boshqarish usulini erkin tanlashi mumkin. Bunda 8-moddada mulkdorlar tomonidan bevosita boshqarilishi yoki yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot yeki jismoniy shaxs (yakka tadbirkor) tomonidan shartnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Qaysi bir boshqaruv usulini tashlash mulkdorlar umumiy yig‘ilish qarori bilan, 50 foizdan ko‘pchilikning ishtirokida hal qilinadi. Ushbu Qonunda boshqa masalalar ham ko‘rsatilgan.
Ona vafot etgan farzandining merosira meposxo'r boʻladimi? Oʻgʻlining voyaga yetgan ikki nafar farzandi bor. Onasi oʻgʻlining farzandlari bilan teng huquqli merosxoʻrmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga koʻra, qonun boʻyicha birinchi navbatdagi merosxoʻrlar meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun boʻyicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tugʻilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.
Onam ukamga uyimizni hadya qilgan edi. Ukamning oilasi bor, ayni damda ukam oʻsha uyni jiyanimga hadya qilmoqchi. Ukam u uyni hadya sifatida rasmiylashtirishi uchun xotinining ham ruxsati kerak boʻladimi?
Yoʻq, ruxsati olinmaydi, lekin xotini shu uy-joyda roʻyxatda tursa, hadya shartnomasida uning foydalanish huquqi saqlanib qolishi toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilishi mumkin. Qonun boʻyicha er-xotinga hadya, meros boʻlib oʻtgan yoki nikoh tuzulgunga qadar tegishli mol-mulklar ularning har birining alohida mulki hisoblanadi.
Biz uch opa-singilmiz. Hammamiz Rossiyada ishlagan paytimizda otam vafot etdi. Undan kvartira, dala hovli va mashina qoldi. Otamdan qolgan mulkni oʻrtancha singlim bizdan oldin kelib, oʻz nomiga rasmiylashtirib olibdi. Endi biz merosdan oʻzimizga tegishli
Fuqarolik Kodeksining 1135-moddasiga koʻra, meros qoldiruvchining bolalari birinchi navbatdagi merosxo’rlar doirasiga kiradi. Farzandlar meros qoldiruvchining meros mol-mulkiga nisbatan teng hissada merosxoʻr hisoblanadilar. Meros qonun va vasiyatnoma asosida vujudga keladi. Fuqarolik sudiga murojaat qilishdan avval notarius tomonidan meros qaysi asoslar boʻyicha berilganligini bilish kerak. Agarda otangiz tomonidan vasiyatnoma qoldirilgan boʻlsa, meros guvohnomasi vasiyatnomaga asosan berilishi mumkin. Vasiyatnoma boʻyicha meros olishda majburiy ulushga ega boʻlgan boshqa merosxoʻrlar doirasi aniqlanadi. Merosdan majburiy ulush olish huquqiga meros ochilgunga qadar meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan, farzandlikka olgan bolalari, shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, jumladan, farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qat'iy nazar, qonun boʻyicha voris boʻlganlarida ulardan har biriga tegishi lozim boʻlgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.
Uy joy sotib olgan edim, uyning egasi yoʻl transport hodisasidan soʻng kar va soqov boʻlib qolgan ekan. Notariusga borsak «surdo tarjimon kerak” deyishdi. Lekin uyning egasining savodi bor ekan, oʻqishni, yozishni bilarkan. Nima qilsak boʻladi?
Kar-soqovlik nuqsoni boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmuni oʻzining xohish irodasiga muvofiq ekanligini notariusga yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim, ariza yoki boshqa hujjatlar bilan biriktirib qo'yiladi.
Men sotib olgan avtomashinamni sotish bilan berilgan ishonchnoma orqali boshqarib yurgan edim. Ammo yaqinda avtomashina egasi vafot etdi. Ushbu holatda mening yuqoridagi ishonchnomaga asosan avtomashinani sotishga boʻlgan huquqim saqlanib qoladimi?
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 141-moddasida ishonchnoma uni bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb hisoblanishi yoxud uning vafot etganligi munosabati bilan bekor boʻlishi belgilab qoʻyilgan. Ushbu holatlarning mavjudligini notarius elektron ravishda "Notarius" avtomatlashtirilgan tizimi orqali tekshiradi. Demak, siz avtomashinani sotish huquqiga ega emassiz.
Ipoteka kreditiga olingan uyni sotib olmoqchiman. Ammo, ipoteka to'lovi tugaguncha uyni oldi-sotdi qilib boʻlmas ekan. Keyinchalik aldanib qolmaslik uchun sotuvchi va mening oʻrtamda qanaqadir kelishuv qilsak boʻladimi?
Ipoteka asosida olingan uy taqiqda turgan boʻlsa, uni sotib ololmaysiz. Notarius ham kredit majburiyatlari bajarilmagunga qadar yoki bank roziligisiz bitim tasdiqlab berolmaydi. Faqatgina kredit mablagʻi ajratgan bank tomonidan ipoteka shartnomasiga oʻzgartirish kiritish, qoʻshimcha shartnoma tuzish yoʻli bilan bu masala hal qilinishi mumkin.
Bank taqiq saqlangan holda uyning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga ruxsat berishi mumkin. Bunda, kredit shartnomasiga va ipoteka shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi. Kredit va ipoteka shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlar yangi sotib oluvchiga oʻtadi va notarius elektron ravishda ”Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yangi sotib oluvchiga tegishli boʻlgan taqiq quyadi. Yangi sotib oluvchi oʻz navbatida kvartiraga taqiq saqlangan holatda oldi-sotdi shartnomasini davlat ruyxatidan oʻtkazadi va unda mulk huquqi vujudga keladi.
2021-yilda subsidiya asosida uy olganman, 20 yil muddatga kredit rasmiylashtirganman. Agar ayolim bilan ajrashsam, uy nima boʻladi?
Qonuniy nikoh davomida orttirilgan mulklar er va xotinning umumiy mulki hisoblanadi. Turmush qurgan shaxs oila uchun ipoteka kredeti olganida, ikkinchi turmush o'rtogi birgalikda qarz oluvchiga aylanadi (hatto uning ismi kredit shartnomasida boʻlmasa ham). Mulk kimga tegishli ekani muhim emas. Umumiy qoidalarga ko'ra, bu er-xotinning umumiy mulki boʻlib ikkalasi ham qarzni to'lash uchun javobgardir.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan er-xotin oʻrtasida nikoh davomida umumiy orttirilgan mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli va alohida mulkka egalik qilish shartlarini belgilagan holda nikoh shartnomasi tuzish mumkin. Er-xotin ajrashgan taqdirda nikoh shartnomasiga asosan ipotekaga olingan kvartiraning kimning egalik huquqiga oʻtishini belgilash mumkin.
Boʻlib-boʻlib toʻlash yoʻli bilan avtomashina sotib olganda, toʻlov toʻliq toʻlangandan soʻng rasmiylashtirish paytida avtomashina egasining xotini da'vo qilmasligi uchun nima qilish kerak?
Javob: Agar avtomashina uchun toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olayotgan boʻlsangiz, avtomashina egasining turmush oʻrtogʻidan avtomashina uchun toʻlovni boʻlib-boʻlib amalga oshirish yoʻli bilan sotishga roziligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan rozilik arizasini olish kerak.
