KONIMEX TUMANINI KORRUPSIYADAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRIŞ BÖYIÇA DASTUR IJROSI ÖRGANILDI
2026-11-12 14:15:00 / Yangiliklar

Bugun Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamda Navoiy viloyati korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy Kengaşi tomonidan tumanda korrupsiyaning oldini oliş, unga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş va aholi örtasida murosasiz munosabatni şakllantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar örganildi.
Xususan, 2025-yil 30-dekabr kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori hamda Navoiy viloyati korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy Kengaşi raisi tomonidan tasdiqlangan “Konimex tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantiriş, aholi orasida unga qarşi murosasiz muhitni yaratiş böyiça çora-tadbirlar dasturi” ijrosiga e'tibor qaratildi.
Örganiş doirasida tumandagi 2-umumta'lim maktabi, 12-umumta'lim maktabi, 10-sonli davlat maktabgaça ta'lim taşkiloti hamda Çordara oilaviy şifokorlik punktida bölinib, dasturda belgilangan vazifalar ijrosi joyida közdan keçirildi.
Jumladan, umumta'lim maktablarida quyidagi yönalişlardagi işlar holati körib çiqildi:
“Öquvçi yoşlar — halollik tarafdori” 10 kunligini taşkil etiş;
GRACE taşabbusi doirasida işlab çiqilgan hamda Maktabgaça va maktab ta'limi vazirligi tomonidan ta'lim tiliga tarjima qilingan korrupsiyaga qarşi mazmundagi kontentlarni ta'lim dasturlariga integratsiya qiliş;
Tumandagi barça umumta'lim maktablarida Face ID tizimini joriy etiş.
Şuningdek, maktabgaça ta'lim va soğliqni saqlaş muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş, xizmat faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni ta'minlaş hamda qonunçilik talablariga rioya etiş masalalari ham körib çiqildi.
Örganişning asosiy maqsadi — dasturda belgilangan çora-tadbirlar ijrosini baholaş, mavjud muammo va kamçiliklarni aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş böyiça zarur çoralarni belgilaşdan iborat.






