SUG‘ORISH TARMOQLARINI BETONLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
2026-11-12 09:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Irrigatsiya tizimlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va suv yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 111-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Konimex tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, tumandagi “Yuksalish” MFYning “Chordara” qishlog‘ida fermer xo‘jaliklariga suv yetkazib beruvchi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlarning asosiy maqsadi sug‘orish jarayonida suvning behuda sarflanishi va yo‘qotilishining oldini olish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda fermer xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlash samaradorligini oshirishdan iborat.









