KONIMEXDA “MAHALLA YETTILIGI” A’ZOLARI UCHUN O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-11-12 08:35:00 / Yangiliklar

Konimex tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazida mahallalarda faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “mahalla yettiligi” a’zolarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yagona yondashuv asosida tushuntirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahalla tizimida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga o‘z faoliyatida samarali ish uslublarini qo‘llash, mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda hamjihatlikda ishlash yuzasidan zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘quv-seminar “mahalla yettiligi” a’zolarining kasbiy salohiyatini oshirish, mahalla boshqaruvi samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.




