Ekologik muammolar yuzasidan sayyor qabul ötkazildi
2026-11-03 09:25:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boşqarmasi rahbariyati iştirokida Konimex tumanidagi “Navröz” mahallasi hududida jismoniy va yuridik şaxslarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasiga oid murojaatlarini örganişga qaratilgan sayyor qabul ötkazildi.
Mazkur qabul fuqarolarning ekologik masalalarga oid murojaatlarini bevosita joyida tinglaş, mavjud muammolarni örganiş hamda ularning qonuniy yeçimlarini topişga kömaklaşiş maqsadida taşkil etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, hududlar tozaligini ta’minlaş hamda ekologik qonunçilik talablariga rioya etiş bilan boğliq taklif va muammolarini bildiriş imkoniga ega böldilar.




