KONIMEXDAN KOINOT SARI: KONIMEXDA YOSHLAR TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ILMIY MISSIYA 34 KILOMETR BALANDLIKNI ZABT ETDI!
2026-11-02 14:35:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyatining Konimex tumani ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishidagi navbatdagi muhim tashabbusga mezbonlik qildi.
Olti nafar qizdan iborat jamoa tomonidan tashkil etilgan Sky Mission Bootcamp loyihasining amaliy bosqichida geliy bilan to‘ldirilgan maxsus shar yordamida kosmik qurilma Konimex osmonida 34 kilometr balandlikka ko‘tarildi.
Bootcamp davomida ishtirokchilar 3D modellashtirish, elektronika hamda CubeSat yig‘ish bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazdilar.
Loyiha doirasidagi yutuqlardan yana biri — ishtirokchi E’zoza Yo‘ldoshevaning SpaceX tomonidan “Space Pioneer” mukofoti bilan taqdirlanganidir. Shuningdek, mazkur loyiha Women in Tech Leadership Forum doirasida ham namoyish etildi.
Eng muhimi, ushbu tashabbus Konimex nafaqat yangi loyihalar va bunyodkorlik ishlari, balki ilm-fan, innovatsiya va yoshlar salohiyatini namoyon etish uchun ham muhim maydonga aylanayotganini ko‘rsatadi.
Konimex osmonidan koinot sari! Yoshlarning orzulari baland, marralari esa undan-da yuksak!









