IÇKI IŞLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI MUBORAK BÖLSIN!
2026-10-26 09:25:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum,
hurmatli osoyiştaligimiz posbonlari,
qadrli soha fidoyilari va faxriylar!
Avvalo, bugungi kasb bayrami - Içki işlar xodimlari kuni bilan öz hayotini fuqarolarimizning tinçligi va osoyiştaligi, huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlaşdek şarafli va masʼuliyatli işga bağişlab kelayotgan soha xodimlarini, muhtaram faxriylarimizni hamda xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilarning oila aʼzolarini samimiy tabriklayman.
Jamiyatimizda keçayotgan tub islohotlar jarayonida Içki işlar organlari faoliyati ham bugungi davr talabi va xalq xohiş-irodasini eʼtiborga olgan holda takomillaştirilib, çin maʼnoda xalqçil tuzilmaga aylantirilmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “Yangi Özbekistonning içki işlar organlari xodimlari - Vatanimizning asl öğlonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, maʼnaviy va maʼrifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarşi matonat bilan kuraşişga tayyor xalqimizning çin maʼnodagi himoyaçilaridir”
Qadrli soha fidoyilari!
Fursatdan foydalanib, öz xizmat burçiga, Vatanimizga sadoqatli, xalq manfaatlari yölida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan jonkuyar kasb egalarini, öz umrini yurt tinçligiga bağişlagan faxriylarimizni kasb bayrami bilan yana bir bor tabriklab, xizmat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, uzoq umr, sihat-salomatlik, oilangizga fayz-baraka tilayman.
Konimex tumani hokimi Ruslan Röziyev
