ZAFAR MUBORAK, KONIMEXLIK MIRISHKOR DEHQON VA FERMERLAR!
2026-10-16 14:30:00 / Yangiliklar

Konimex tumani fermer va dehqonlari viloyatda birinchilardan bo‘lib paxta topshirish rejasini bajarishdi.
Konimexliklar o‘tgan qisqa muddatda dalalardan paxta hosilini o'z vaqtida yig‘ib olib, paxta topshirish rejasini ortig‘i bilan bajarishdi.
Joriy yilda tumanning mirishkor fermer va dehqonlari chigit qadab, tabiat injiqliklariga qaramasdan mashaqqatli mehnatlar evaziga mo‘l hosil yetishtirdilar hamda paxta hosili nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olindi.
Tumandagi "Ahmad bobo", "Ne’matov Mo‘min f/x", "Gavharbek og‘li Jandos", "Aymeken", "Uchqun Narqul o‘g‘li", "Dinara Shoira", "Xamid bobo", "Shurkul oqtepa", "Konimex Sarjal qusay", "Qorakul Uchtepa sur" MCHJ kabi fermer xo‘jaliklari mo‘l hosil olishdi.
"Navbahor klaster" MCHJ tomonidan yuqori unumdor urug' va agrotexnologiyalarni hamda kerakli agroresurslarni o'z vaqtida yetkazillganligi muhim ahamiyat kasb etdi.
Paxta dalalarida joriy yilda gektaridan 60 sentnerdan ortiq hosil olindi.
