15-oktabr - Qishloq ayollari kuni munosabati bilan Konimex tumanidagi "Konimex Chordara" MCHJ paxta dala maydonida bayram tadbiri bo'lib o'tdi
2026-10-16 14:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman hokimining birinchi o'rinbosari E.Hazratqulov, “Biznesni rivojlantirish banki” Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i I.Saidov, tuman hokimi o'rinbosari, tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Napisova bugungi bayram munosabati bilan xotin-qizlarni tabriklab, esdalik sovg'alarini topshirdi.
Bayram dasturxoni yozildi. Shuningdek, tuman madaniyat bo'limining xodimlari tomonidan bayramona kuy-qo'shiqlar bilan xotin-qizlarga xush kayfiyat ulashildi.









