KONIMEXDA YIRIK SANOAT ZAVODI QURILISHI BOSHLANMOQDA
2026-10-13 17:10:00 / Yangiliklar

Konimex tumanida “INDUSTRIAL MINING TECHNOLOGY” korxonasi tomonidan qiymati 70 mln AQSH dollarlik sanoat loyihasini amalga oshirish va zavod qurilishini boshlash bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi quruvchilari Mr. Yeng boshchiligidagi delegatsiya bilan tuman hokimi R.Ro‘ziyev, tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Egamqulovlar muzokara o‘tkazdi.
Tez kunlarda zavod qurilishi boshlanadi. Loyiha doirasida 120 ta yangi ish o‘rni yaratilib, tumanning sanoat salohiyati oshirilishiga erishiladi.





