QOSQUDUQLIKLARNING AZALIY ORZUSI USHALMOQDA!
2026-10-12 10:10:00 / Yangiliklar

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan inson qadri, xalq roziligi va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida olis hududlarda ham zamonaviy infratuzilmani yaratish, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda!
Xususan, fuqarolar murojaatlari asosida Konimex tumanining eng olis, Qozog'iston Respublikasi bilan chegara hududda joylashgan "Boymurod" OFYning "Qosquduq" ovulini markaz bilan bog‘lovchi 14 kilometrlik qum yo'li to'liq ta'mirlanib, asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Konimex tumani hokimligi va "Navoiyuran" davlat korxonasining birdamligi va hamkorligi natijasida mazkur bunyodkorlik loyihasi qosquduqliklarning uzoq yillik orzusini ro‘yobga chiqarib, aholining uzog‘ini yaqin qilish, transport qatnovini yengillashtirish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilmoqda.







