"YANGIQAZG‘AN" TURIZM OVULIDA QAROVSIZ HUDUD OVUL RAISI TASHABBUSI BILAN OBOD VA KO‘RKAM BOG‘GA AYLANTIRILDI
2026-10-12 09:15:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda Konimex tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari tuman markazi bilan bir qatorda olis cho‘l hududlarida ham amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimi Normat Tursunovning "Yangiqazg‘an" ovul fuqarolar yig'iniga tashrifi davomida ovul hududidagi tashlandiq va qarovsiz holatda bo‘lgan 1 gektar yer maydoni o'zlashtirilib, bog‘ hududida tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev, ovul nuroniylari bilan birgalikda daraxt ko‘chatlari ekilgan edi.
Ayni damda ushbu joy ovul aholisi uchun madaniy hordiq chiqarish, tabiat qo‘ynida dam olish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkonini beradigan tashrif maskaniga aylandi.









