KONIMEX TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MATBUOT ANJUMANIDA MUHOKAMA QILINDI
2026-10-10 09:10:00 / Yangiliklar

Bugun Konimex tumani hokimligida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev, tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Sultan Mambetov, tuman hokimining matbuot kotibi Azamat Nematov, “Nurli jol” gazetasining jamoatchilik asosidagi muxbiri Guldana Narinbetova, jurnalist va blogerlar hamda sohaga mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, tumanda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholini uzluksiz kommunal xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida elektr energiyasi, favquolodda faziyatlar, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti tizimlarida tegishli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilib, mavsumga shayligi ta’minlangan.
Shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi shtab tashkil etilgan.
Matbuot anjumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan jurnalist hamda blogerlarning savollariga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.









