Konimex tumani "Birlik" MFY hududidagi "Eski rut" kanali bo‘yida sohil bo‘yi aholi dam olish maskani tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
2026-10-07 12:10:00 / Yangiliklar

Loyiha doirasida - 1 dona transformator o‘rnatish, 10 dona ayvoncha qurish, 0,6 km kanal atrofiga temir panjara o‘rnatish, 20 dona dekorativ chiroqlar va bezaklar o‘rnatish, 0,8 km piyodalar yo‘lagi qurish, 1100 kv.m toshqoplama yotqizish, 1 dona charxpalak o‘rnatish, 0,3 km kanalni betonlashtirish va 15 dona o‘rindiqlar o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, mazkur hududda xizmat ko‘rsatish va servis obektlari tashkil etilib, yangi tadbirkorlik subyektlari va ish o‘rinlari hamda mahalliy budjetga qo‘shimcha soliq tushumlari manbai yaratiladi.









