USTOZLAR DOIMO E'TIBOR VA EʼZOZDA!
2026-10-06 11:10:00 / Yangiliklar

Ustoz, oʻqituvchi, murabbiy!
Bu soʻzlar zamirida butun umrini taʼlim-tarbiyaga bagʻishlagan fidoyi inson namoyon boʻladi. Inson qadri ulugʻlangan yurtimizda ularga boʻlgan eʼtirof nafaqat faoliyatlari davomida, shuningdek, hozirgi kunda nafaqada boʻlganligida ham doimo eʼtiborda!
Xususan, 1-oktabr - "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev faxriy oʻqituvchi va murabbiylarning xonadonida boʻlib, bayram bilan tabrikladi. Samimiy muloqotlar davomida yurtimizda ustoz-murabbiylarning samarali mehnatlari hukumatimiz tomonidan doimo eʼtiborda ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, tuman hokimligining esdalik sovgʻalari soha fidoyilariga yetkazildi.









