“Yashil makon” — yashil va obod kelajak sari!
2026-10-06 10:40:00 / Yangiliklar

Konimex tumani mahalla raislari, Ekologiya hamda O‘rmon xo‘jaligi mas’ullari hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi va Prezidentning 206-son Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni asrash va parvarishlash, mahallalarda yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
Birgalikda — yashil, obod va farovon Konimex sari!






