Konimex tumani aholisi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalarga kelib tushgan murojaatlar bo'yicha BRIFING
2026-10-06 09:10:00 / Yangiliklar

Joriy yilninng o'tgan to'qqiz oyi davomida Konimex tumani aholisi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga jami 831 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar o'tgan yilning mos davriga nisbatan (11 taga kamaygan). Kelib tushgan 831 ta murojaatlarning 694 tasi ko'rib chiqilgan bo'lib, 262 tasi (38%) ijobiy hal etilgan. 482 tasiga huquqiy maslahatlar berilgan, qolgan murojaatlar ko'rib chiqish jarayonida. Kelib tushgan 831 ta murojaatlarda eng ko'p ko'tarilgan masalalar Huquq-tartibotga oid masalalar 162 ta, Ijtimoiy himoya tizimi hamda uy-joy ta'minotiga oid masalalar 147 ta, Davlat organlari faoliyati, tabriklar, tashakkurnomalar va murojaatlar bilan ishlash doir masalalar 99 ta, Moliya, bank, soliq va sug'urtaga oid masalalar 76 ta, Yo'l, kadastr, qurilish, transport, tadbirkorlik, savdo va mulkiy munosabatlar va iqtisodiyot tarmoqlariga oid boshqa masalalar 57 ta, Fuqarolar sog'lig'ini saqlash va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid masalalar 56 ta, Gaz, elektr, ichimlik suvi va issiqlik ta'minoti, oqova suv tizimi, chiqindilarni olib ketish xizmatlari va boshqaruv-servis kompaniyalari faoliyati bo'yicha 55 ta hamda boshqa masalalarda 179 ta murojaatlar kelib tushgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga joriy yilning 9 oy davomida eng ko'p kelib tushgan murojaatlar tuman tashkilotlar kesimida tahlil qilinganda Konimex tumani hokimligi 54 ta murojaat kelib tushgan o'tgan yilning mos davriga nisbatan 31 taga 36 foizga kamaygan, Konimex tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limiga 44 ta murojaat kelib tushgan o'tgan yilning mos davriga nisbatan 34 taga 44 foizga kamaygan, O'zbekiston mahallalari uyushmasining Konimex tumani bo'limiga 16 ta murojaat kelib tushgan o'tgan yilning mos davriga nisbatan 31 taga 66 foizga kamaygan, "Konimextumangaz" gaz ta'minoti bo'limiga 14 ta murojaat kelib tushgan o'tgan yilning mos davriga nisbatan 20 taga 59 foizga kamaygan, Konimex tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga 18 ta murojaat kelib tushgan o'tgan yilning mos davriga nisbatan 10 taga 36 foizga kamaygan bo'lsada, Konimex tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga 50 ta, murojaat kelib tushgan o'tgan yilning mos davriga nisbatan 37 taga 280 foizga oshgan, Konimex tumani oila va xotin-qizlar bo'limi 32 ta, murojaat kelib tushgan o'tgan yilning mos davriga nisbatan 9 taga 39 foizga oshgan, Konimex tuman tibbiyot birlashmasiga 30 ta, murojaat kelib tushgan o'tgan yilning mos davriga nisbatan 10 taga 50 foizga oshgan, Majburiy ijro byurosi Konimex tuman bo'limiga 35 ta murojaat kelib tushgan o'tgan yilning mos davriga nisbatan 3 taga 9 foizga oshgan.
Aholidan eng ko'p kelib tushgan murojaatlar mahallalar kesimida tahlil qilinganda. eng ko'p murojaatlar Navro'z mahallasidan 178 ta, Zafarobod mahallasidan 167 ta, Birlik mahallasidan 155 ta Sho'rtepa mahallasidan 83 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar o'tgan yilning mos davriga nisbatan tahlil qilinganda Navro'z mahallasida 75 taga 73 foizga oshgan, Zafarobod mahallasida 14 taga 20 foizga oshgan, Zafarobod mahallasida 10 taga 6,5 foizga oshgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga Aholi tomonidan kelib tushgan 831 ta murojaatlarning 454 tasi ya'ni 54,6 foizi Respublikaning boshqa hududlaridagi tegishli korxona tashkilotlar tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Ushbu kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi Sud huquq masalasida, Aliment, ijro ishi yuritishga oid va kreditlar bilan bog'liq hamda ish haqlarini undirish masalalarida kelib tushgan.
Davlatimiz rahbarining 2026 yil 1 apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi” PF-51-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida tuman davlat tashkilot rahbarlari tomonidan hududlarda aholi bilan o'tkazilayotgan sayyor qabullar tashkil etilib, jumladan tuman hokimi hamda tuman hokimi o'rinbosarlari tomonidan Xalq qabulxonasida haftaning belgilangan kunlarida aholi bilan shaxsiy qabullar o'tkazib kelinmoqda.
Joriy yilninng o'tgan to'qqiz oyi davomida hududlarda 174 marotaba sayyor qabullar o'tkazildi. O'tkazilgan sayyor qabullarda jami 805 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 471 ta masala ijobiy hal eitlgan 113 tasiga huquqiy ma'lumot berilib qolgan murojaatlar ko'rib chiqish jarayonida. Jumladan, sayyor qabulda kelib tushgan murojaatga asosan "Boymurod" OFY "Qosquduq" ovulini markaz bilan bog'lovchi 14 km qum yo'lida shag'allashtirilib berildi.
