Konimex tumani “Birlik” mahallasida “Lavenir” brendi ostida yangi o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi.
2026-10-02 12:00:00 / Yangiliklar

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida Konimex tumani hokimligi hamda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB ko‘magida tashkil etilgan markazning ochilish marosimida tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev, “Biznesni rivojlantirish banki” Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Oybek Voxidov, bankning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Islom Saidov, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida yangi tadbirkorlik subyektlari soni ortib, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilayotgan loyihalar ko‘lami kengaymoqda.
“Lavenir” o‘quv markazida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim va xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan:
Qandolatchilik;
Zargarlik;
Tikuvchilik;
Yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash.
Ayni paytda markazda 12 nafar ishchi faoliyat yuritmoqda, 20 nafar o‘quvchi esa kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqda. Shuningdek, ijtimoiy reyestrda turgan 10 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.
Markaz faoliyati orqali xotin-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni daromadli mehnat bilan band qilish hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsad qilingan.
Kelgusida “Lavenir” o‘quv markazi faoliyatini yanada kengaytirish, yangi filiallarni tashkil etiladi va olis cho‘l hududlarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatiladi hamda tadbirkorlikka yo‘naltiriladi.









