Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudining tergov sudyasi tomonidan Konimex tumani “Zafarobod” mahallasida mahalla faollari hamda yoshlar ishtirokida sayyor sud majlisi hamda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
2026-09-21 09:25:00 / Yangiliklar

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi Farmoni, 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-sonli Farmoni hamda 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi PF-33-sonli Farmonlari mazmun-mohiyati, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda odam savdosi jinoyatlari yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilari hamda yoshlarga tushuntirishlar berildi.



