KONIMEX TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABINING 2025-2026-O‘QUV YILI BITIRUVCHILARI 100% NATIJA QAYD ETISHDI.
2026-09-12 18:00:00 / Yangiliklar

Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilari oliy ta'lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichini 100% ga yetkazishdi.
Bitiruvchilarning asosiy qismi aniq fanlar yo‘nalishida talabalikka tavsiya etilgan. Umumiy o‘rtacha ball ko‘rsatgichi 135.6 ballni tashkil etdi.
Bu yutuq nafaqat o‘quvchilar, ularning ota-onalari va ustozlarning yutug‘i, shuningdek, tumanimiz faxri ham hisoblanadi.
