TUMAN HOKIMI NAVBATDAGI SHAXSIY QABULINI "SHO'RKO'L" MAHALLA FUQAROLAR YIG'INIDA O'TKAZDI
2026-09-11 19:15:00 / Yangiliklar

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev aholi murojaatlarini o'rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabulini "Sho'rko'l" MFY da o'tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi hamda kelib tushgan murojaatlar bir qismi joyida ijobiy hal etilgan bo'lsa, muddat va o'rganish talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.









