MUROJAAT VA YECHIM
2026-09-11 14:10:00 / Yangiliklar

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev tashabbusi bilan “Sho‘rko‘l” mahallasi “Haqiqat” qishlog‘ida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bolalar o'yingohi, aholi madaniy hordiq olishi uchun dam olish hududi va stadion qurilish ishlari olib borilmoqda.
Tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev hamda tuman prokurori Elyor Djabbarov qurilish jarayonlari, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va turli sport musobaqalarini tashkil etish, shuningdek, aholi tashrif buyurishlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.







