JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT
2026-08-19 15:05:00 / Yangiliklar

Konimex tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablar direktor o‘rinbosarlari va psixologlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Konimex tumani bosh mutaxassisi B.Tagayev va hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuvlarda bugungi tahlikali zamonda yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, Vatanga bo‘lgan mehr-muxabbat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hissi, internet va uyali aloqa vositalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyati borasidagi muhim mavzular xususida so‘z yuritildi.
Tadbir so‘ngida tinchlik-osoyishtalikni qadriga yetish hamda bilib-bilmay to‘g‘ri yo‘ldan adashib, jaholat yo‘lini tanlash oqibatida o‘zga yurtlarda qiyinchiliklar girdobida qolgan ayrim insonlarning afsus va nadomatlari aks etgan hujjatli film namoyish etildi.





