Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi
2026-08-19 14:55:00 / Yangiliklar

Konimex tumanida yoshlar masalasi: asosiy natijalar va vazifalar
Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashining 28-sessiyasida tumanda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
Bandlik:
“og‘ir” toifadagi ishsiz yoshlar — 90 nafar
bandligi ta’minlangan — 90 nafar
harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bandligi — 88 %
Manzilli ish:
otaliqqa olingan yoshlar — 44 nafar
hal etilgan muammolar — 38 ta
Yoshlar tadbirkorligi:
imtiyozli kredit olgan yoshlar — 110 nafar
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tadbir va loyihalar amalga oshirilgan.
Sessiyada erishilgan natijalar bilan bir qatorda, 2026 yilning ikkinchi yarmida hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham belgilab berildi.
▫️ 577 nafar ishsiz va mehnat bozoriga kirib kelgan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash;
▫️ “og‘ir” toifadagi va xavf guruhiga kiruvchi yoshlar bilan manzilli profilaktik ishlarni kuchaytirish;
▫️ yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka keng jalb qilish;
▫️ yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
▫️ “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish;
▫️ yoshlarni ta’lim, sport, kitobxonlik va axborot texnologiyalariga keng jalb qilish.
Yoshlar siyosati — bugungi natija bilan cheklanmaydi. Asosiy vazifa — har bir yosh uchun imkoniyat yaratish va uning muammosini manzilli hal etish.
Konimex tumanida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligi muhokama qilindi
Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari Konimex tumani Kengashining 28-sessiyasida ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va zaxiralarni shakllantirish masalasi muhokama qilindi.
Asosiy ko‘rsatkichlar:
🔹 tumandagi 3 ta dehqon bozori va savdo majmuasida;
🔹 24 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari har kuni monitoring qilinmoqda;
🔹 qish-bahor mavsumi uchun kartoshka, piyoz, sabzi va guruch zaxiralari shakllantirilgan;
🔹 go‘sht, sut, tuxum, baliq, parranda go‘shti, sabzi va piyoz bo‘yicha ichki ehtiyojdan ortiq ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratilgan.
Shu bilan birga, kartoshka, un, guruch, shakar va o‘simlik moyi bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni jalb etish, mavsumiy zaxiralarni kengaytirish va narxlarning sun’iy oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Narxlar barqarorligi — aholi farovonligi va bozordagi muvozanatning muhim omili.
Qonuniylik va huquqiy savodxonlik masalalari sessiyada muhokama qilindi
Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashining 28-sessiyasida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining 2026 yil II choragi davomida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Asosiy natijalar:
🔹 2 ta normativ tusdagi qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, davlat hisobidan o‘tkazilgan;
🔹 fuqarolar va tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha 49 ta ta’sir chorasi qo‘llanilib, 1 251 ta muammo ijobiy hal etilgan;
🔹 pensiya ta’minotiga oid sudlarga kiritilgan 15 ta arizaning barchasi fuqarolar manfaatiga qanoatlantirilgan;
🔹 1 010 dan ortiq hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
Muhokama yakunida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotida yagona yondashuvni ta’minlash, “e-qaror” tizimida hujjatlar sifatini oshirish, davlat organlarida huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar va jamg‘arma mablag‘lari ijrosi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashining 28-sessiyasida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Asosiy natijalar:
🔹 tumandagi 13 ta mahallada aholi murojaatlari, bandlik, ijtimoiy himoya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilgan;
🔹 58 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan;
🔹 Birlik, Baymurot, Uchtepa va Navro‘z mahallalarida ichki yo‘llar asfaltlangan;
🔹 Uchtepa, Zafarabod va Navro‘z mahallalarida “Salomatlik yo‘laklari” tashkil etilgan;
🔹 2026 yilning 6 oyida jamg‘arma mablag‘laridan 309,8 mln so‘m maqsadli yo‘naltirilgan.
Shu bilan birga, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Konimex tumani budjeti: 6 oylik natijalar qanday?
Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashining 28-sessiyasida 2026 yilning birinchi yarim yilligida mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi.
Daromadlar:
reja — 35,014,9 mln so‘m
amalda — 37 605,4 mln so‘m
ijro — 107,3 %
Xarajatlar:
50 655,2 mln so‘m miqdorida mablag‘lar moliyalashtirildi.
Sessiyada budjet daromadlarining prognozdan ortiq bajarilgani ijobiy baholandi.
Shu bilan birga, yil yakuniga qadar:
▫️ budjet daromadlari prognozini to‘liq bajarish;
▫️ qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va safarbar etish;
▫️ budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish;
▫️ budjet parametrlariga kiritilayotgan o‘zgarishlarni Kengash muhokamasiga kiritib borish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Budjet — bu raqamlar emas, hudud rivoji uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar. Ularning samarali va maqsadli sarflanishi deputatlik nazoratida bo‘ladi.




