TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI "SHO'RTEPA" MAHALLA FUQAROLAR YIG'INIDA O'TKAZILDI
2026-08-14 20:30:00 / Yangiliklar

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev aholi murojaatlarini o'rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabulini "Sho'rtepa" MFY da o'tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi hamda kelib tushgan murojaatlar bo'yicha joyiga chiqib o'rganilib, ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahalla "yettiligi" mas'ullar bilan aholi murojaatlari, mahallalarda obodonlashtirish, "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlar bo'yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi va ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.









