“MUSTAQILLIK AVTOKARVONI” — KONIMEX TUMANIDAN START OLDI!
2026-08-11 18:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram shukuhini yurtimiz bo‘ylab yanada keng yoyish, aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashish hamda Vatanga muhabbat va faxr tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Mustaqillik avtokarvoni” viloyatning Konimex tumanidan tuman bo‘ylab o‘z harakatini boshladi.
Davlat bayroqlari bilan bezatilgan avtomobillardan tashkil topgan avtokarvon tuman ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, aholi va yurtdoshlarimizga bayramona ruh, quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.
Ma'lumot uchun, ushbu mustaqillik avtokarvoni viloyatimiz bo‘ylab barcha tuman, shahar ko‘chalarida harakatlanadi!
#Mustaqillik35yil #MustaqillikAvtoKarvoni #Konimex #BayramShukuhi #YagonaVatanYagonaXalq









