#MUROJAAT_VA_YECHIM
2026-08-10 09:35:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, Qizilqum kengliklarida joylashgan cho‘l hududlarida eng bebaho ne’mat — obi hayot, ya’ni suv hisoblanadi. Ayniqsa, olis va chegaraoldi ovullarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muhim masalalardan biridir.
Shu maqsadda Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev “Uchtepa” OFYning “Besquduq” ovulida bo‘lib, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasiga e’tibor qaratdi.
Ovul aholisining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida eskirgan quduq o‘rnida yangidan tik quduq qazilib, suv chiqarish rejalashtirildi. Mazkur ishlar orqali ovul aholisini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda suv ta’minotidagi mavjud muammoni bartaraf etish ko‘zda tutilgan.
