"BESQUDUQ" OVULIDA AHOLI UCHUN MUHIM YO‘L YAXSHILANMOQDA
2026-08-10 09:35:00 / Yangiliklar

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev chegaraoldi “Uchtepa” OFYning “Besquduq” ovulida bo‘lib, aholi uchun muhim bo‘lgan yo'lni ta'mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Xususan, ovul aholisining qabristonga borib-kelishi uchun foydalanadigan yo‘lni ta’mirlash va tartibga keltirish orqali aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.
