Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev chegaraoldi “Uchtepa” OFYning “Besquduq” ovulida joylashgan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi.
2026-08-10 09:30:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida maktab hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Jumladan, maktab hududida mavjud quduqdan samarali foydalanish, uning yordamida daraxt va yashil maydonlarni sug‘orish hamda hududni yanada obod qilish ishlari bilan tanishildi.
Tuman rahbari maktabni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash, hududdagi obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish va yashil maydonlarni asrab-avaylash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
