KONIMEX BOG'LARIDA BARAKA VA MO'L HOSIL
2026-08-06 16:05:00 / Yangiliklar

Konimex tumanida bog‘dorchilikni rivojlantirish, eksportbop va sifatli meva yetishtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumandagi "Best Edem" oilaviy korxonasida jami 4,1 gektar olma bog‘i mavjud. "Semeryanka" hamda "Golden" navli olma ko‘chatlari ekilib mo'l hosil olinmoqda. Yana bir bog'dochilik yo'nalishidagi "Lalmi sharbati" fermer xo‘jaligida "Golden" navli olma bog‘ida mo'l hosil olinmoqda.
Zamonaviy parvarish va agrotexnik tadbirlar samarasida bir shoxning o‘zida 25–30 tagacha olma mevalari pishib yetilmoqda. Bu esa bog‘larda hosildorlik yuqori darajada ekanidan dalolat beradi.
