“Jasorat va matonat” sport musobaqasi o‘tkazildi
2026-07-28 14:55:00 / Yangiliklar

Ishtirokchilar estafeta, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, chodir tiklash va arqon tortish shartlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra: Konimex tumani jamoasi viloyatdagi tuman va shaharlar orasida faxrli 2-o'rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.
