NAVOIY VILOYATI HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARI HAMDA KONIMEX TUMANI HOKIMLIGI HAMKORLIGIDA OMMAVIY SAYYOR QABUL BO‘LIB O‘TDI
2026-07-28 14:55:00 / Yangiliklar

Bugun Konimex tumani "Birlik" mahallasida joylashgan 4-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi binosida Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev boshchiligida ommaviy sayyor qabul bo‘ldi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlarni qonuniy tartib va muddatlarda ko‘rib chiqish yuzasidan ijrochilarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
