TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI "ZAFAROBOD" MAHALLA FUQAROLAR YIG'INIDA O'TKAZILDI
2026-07-02 07:35:00 / Yangiliklar

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev aholi murojaatlarini o'rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabulini "Zafarobod" MFY da mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida o'tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.Murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
Qabul davomida mahalla fuqarolari tomonidan tuman rahbari boshchiligida birdamlikda mahallani yanada rivojlantirish va obod etishga kelishib olindi.
