Konimex tuman markaziy istirohat bog‘ida “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
2026-06-29 19:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev ishtirok etib, yoshlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida xorijiy tillar, kitobxonlik, shaxmat, iqtidorli yoshlar, sport hamda mega loyihalar yo‘nalishlaridagi pavilyonlar faoliyati namoyish etildi. Shuningdek, yoshlar ijod namunalaridan iborat rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, turli ko‘ngilochar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Bayram konsert dasturi esa tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishlab, yoshlar va tuman ahliga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Konimexlik yoshlar o‘zlarining faolligi, iste’dodi va tashabbuskorligi bilan yurtimiz taraqqiyotining muhim kuchi ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
