Konimex tumani hokimligida tumanda kiber jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-06-29 19:25:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev, Navoiy viloyat IIB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.X.Salomov, Navoiy viloyat IIB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik F.B.Yuldoshev, tuman IIB boshlig‘i U.Abduraxmonov, hokim o‘rinbosarlari va mutasaddilar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda tuman aholini o‘rtasida kiber jinoyatlarga qarshi immunitet shakllantirish, faol targ‘ibot orqali ularning hushyorligini oshirish va jinoyatlarni oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda bu yo‘nalishda soha hodimlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
