TUMAN HOKIMINING 27-IYUN "MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI" MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
2026-06-27 18:35:00 / Yangiliklar

Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Avvalambor, Siz qadrdon jurnalistlarni, yozuvchi-shoirlarni, yosh ijodkorlarni, sharafli kasb fidoyilarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Darhaqiqat, bugungi tinchlik-osoyishtaligimiz barqarorligini keng targ‘ib etish, farovon hayotimiz shukuhini o‘ziga xos tarannum qilish, yoshlarimizni yot g‘oyalardan asrash, xalqimizni dunyoda ro‘y berayotgan voqeliklardan tezkor xabardor etish, mamlakatimiz solnomasiga muhrlanayotgan har bir tarixiy yangilik va o‘zgarishlarni yurtdoshlarimizga xolisona yetkazish borasida Siz qadrli ijod ahlining yuksak xizmatlari borligini mamnuniyat bilan e’tirof etaman.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Istiqlol sharofati bilan yurtimizda milliy matbuotimizni izchil rivojlantirish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari mustaqilligiga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlar sohani taraqqiy ettirishda yanada ulug‘vorlik kasb etmoqda.
Albatta, bugungi quvonchli lahzalarda tumanimiz matbuoti haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo, matbuotimiz tarixi, nufuzi, jurnalistlarimizning bugungi jarayonlardagi ishtiroki bo‘yicha tumanda o‘z o‘rni va nufuziga ega ekanligi hamisha qalbimizni cheksiz g‘urur va iftixorga to‘ldiradi.
Sharafli kasb bayramingiz munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog'lik, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga fayzu baraka hamda oliyjanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Kasb bayramingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan, Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev
