Navoiy viloyati hokimligining majlislar zalida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali e’tirof tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2026-06-29 19:20:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirokida o‘tgan ushbu tantanali tadbirda jamiyatimiz ko‘zgusi, xalq bilan muloqotning mustahkam ko‘prigi bo‘lgan bir guruh faol va fidoyi jurnalistlar, blogerlar hamda soha faxriylari yuksak ehtirom bilan qutlandi.
Taqdirlanganlar orasida Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari - Matbuot kotibi Nematov Azamat Izzat o'g'li ham viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur e'tirof tumanda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazish, davlat organlari faoliyatini keng yoritish borasida amalga oshirilayotgan samarali mehnatning yuksak bahosi bo'ldi.
