🇺🇿 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA MUHIM O‘ZGARISHLAR
2026-06-24 14:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 22-iyunda O‘RQ–1155-son Qonun imzolandi. Mazkur hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish va javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan.
Endilikda:
Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi.
Reestrga kiritilgan shaxslar:
davlat xizmatiga qabul qilinmaydi;
saylanadigan lavozimlarga nomzod bo‘la olmaydi;
davlat xaridlarida ishtirok eta olmaydi.
Barcha davlat organlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyat yuritadi.
Komplayens xodimlariga korrupsiyaviy holatlarni aniqlash, tekshirish va tegishli organlarga materiallar taqdim etish bo‘yicha keng vakolatlar berildi.
Korrupsiyaga oid ayrim og‘ir jinoyatlar uchun jazoni muddatidan ilgari yengillashtirish yoki shartli ozod qilish imkoniyati cheklanadi.
Har bir davlat organi, hudud va soha kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi shakllantiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati yagona tizim asosida muvofiqlashtiriladi.
Mazkur o‘zgarishlar davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish hamda fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
