Tumanimiz tadbirkorlari diqqatiga
2026-06-19 08:30:00 / Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 22- apreldagi 684-sonli "Davlat xaridlari to'g'risida" gi qonuniga asosan sizlarni tuman hududida joylashgan Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish uchun tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikka chaqiramiz!
Tanlov joriy yilning 26-iyun kuni soat 14:00 da yopiq komissiya a’zolari tomonidan tadbirkorlar taklif etgan tijorat takliflari va kerakli hujjatlar asosida haqqoniy shaffof ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi.
Zarur hujjatlar:
Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga tenderda ishtirok etishga ruxsat berish uchun xat;
Tavsiya etilgan (har oyda yangilanib boriladi) narxlardan oshib ketmagan holatdagi tijorat taklifi;
Firma yoki oilaviy korxona faoliyat yuritishi uchun berilgan ishonchnoma (guvohnoma, sertifikatlar)
Tadbirkorning hisob raqamidagi aylanma mablag‘ miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma;
Soliq va boshqa davlat tashkilotlaridan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma talab etiladi.
Tijorat takliflar:
Non va non mahsulotlari;
Sut va sut mahsulotlari;
Poliz mahsulotlari;
Go‘sht va go‘sht mahsulotlati hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari uchun olinadi.
Murojat uchun telefon:
+998(93) 524-14-82
